AsosiyJamiyat

Qamchiq dovonida yo`l yopilgani aytilmoqda

'Qamchiq dovonida yo`l yopilgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida kuchli qor yog`ishi ortidan avtomobillar harakati to`xtatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik Qamchiq dovonida yo`lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo`lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlarini muvofiqlashtirib bormoqda. Dovon yo`li avtomobillar harakati uchun ochiq va ikki tomonlama harakat davom etmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko`rishlarini so`ragan.

    Boshqa yangiliklar