AsosiyJamiyat

Abdulla Oripovning singlisi Qashqadaryodagi shifoxona portlashi oqibatida vafot etdi

'Abdulla Oripovning singlisi Qashqadaryodagi shifoxona portlashi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

Avvalroq, 2022 yil 24 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasi portlab ketgani haqida xabar bergandik.

Portlash oqibatida shifoxonada davolanayotgan 2 nafar bemor kuyish tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgandi. Ulardan biri marhum atoqli shoir Abdulla Oripovning singlisi 74 yoshli Oysara Ubaydullaeva ekani ma`lum bo`ldi.

Oysara Ubaydullaeva 2022 yil 30 dekabr kuni 80 foiz kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi, deya yozmoqda "Nasafnews".

Ma`lumotga ko`ra, Qashqadaryo viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasida portlashdan oldin marhuma Oysara Ubaydullaeva turmush o`rtog`i bilan davolanayotgan bo`lgan. Hozirda marhumaning turmush o`rtog`i Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialida davolanmoqda.

"Darakchi.uz" marhumaning yaqinlari va oila a`zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

    Boshqa yangiliklar