AsosiyJamiyat

O`zbekiston diplomatlari Toshkent-Olmaota aviayo`nalishida jabrlangan vatandoshlarimiz holidan xabar oldi

'O`zbekiston diplomatlari Toshkent-Olmaota aviayo`nalishida jabrlangan vatandoshlarimiz holidan xabar oldi'ning rasmi

Kecha O`zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari «Toshkent–Olmaota» yo`nalishida parvoz qilgan samolyot kuchli turbulentlik zonasiga tushib qolgani oqibatida jabrlangan vatandoshlarimiz bilan uchrashdi.

Ushbu hodisa natijasida reys yo`lovchilari, jumladan, uch nafar O`zbekiston fuqarosi tan jarohatlari olgan. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

O`zbekiston diplomatlari jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish uchun etkazilgan 4-sonli shahar klinik shifoxonasida bo`ldi.

Bosh konsulxona ma`lumotiga ko`ra, 12 yoshli vatandoshimizning hech qanday shikoyati yo`q va unga uyiga borishga ruxsat berilgan. Uning onasi ham shifokorlar ko`rigidan o`tib, yashash joyiga ketgan.

Qo`lidan engil jarohat olgan yana bir O`zbekiston fuqarosi ham vaqtinchalik yashash joyiga jo`nab ketdi.

«Air Astana» vakillarining aytishicha, O`zbekiston fuqarolariga yordam ko`rsatish uchun zarur bo`lgan barcha dori-darmonlar aviakompaniya hisobidan xarid qilingan.

Bosh konsulxona xodimlari jabrlangan yurtdoshlarimiz bilan zarur konsullik va huquqiy yordam ko`rsatish uchun doimiy aloqada bo`lib turibdi.

    Boshqa yangiliklar