AsosiyJamiyat

Yangi yilning birinchi sutkasida 2155 nafar chaqaloq dunyoga keldi 

'Yangi yilning birinchi sutkasida 2155 nafar chaqaloq dunyoga keldi 'ning rasmi

2018 yil xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda 1644 nafar, 2022 yilda esa 2316 chaqaloq tug`ilgan edi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

2023 yil 1 yanvar kuni dunyoga kelgan go`daklarning:
  
 1056 nafari qiz,  
 1099 nafari o`g`il. 

Eng ko`p chaqaloq Farg`ona viloyatida (252 nafar) tug`ildi.  

Shuningdek, keyingi o`rinlarda: 
 Qashqadaryo viloyati — 230,
 Namangan viloyati — 219,  
 Surxondaryo viloyati — 213, 
 Samarqand viloyati — 213, 
 Andijon viloyati — 187, 
 Toshkent viloyati — 170,  
 Toshkent shahri — 154, 
 Buxoro viloyati — 126, 
 Qoraqalpog`iston R. — 105, 
 Jizzax viloyati — 102, 
 Xorazm viloyati — 76, 
 Navoiy viloyati — 69,
 Sirdaryo viloyati — 39 nafar.  

Dunyoga kelgan ushbu bolalardan 20 nafarini ikki homilali egizaklar (jami 40 nafar chaqaloq) tashkil qildi. 

 

    Boshqa yangiliklar