AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ikkita hududida yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda

'Bugun O`zbekistonning ikkita hududida yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba`zi joylarga yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi.  Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarga 17-22 m/s gacha kuchayadi, Navoiy viloyatining ayrim joylariga 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2o iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar