AsosiyJamiyat

Yangi yilning ilk kunida O`zbekistonda qancha chaqaloq dunyoga kelgani e`lon qilindi

'Yangi yilning ilk kunida O`zbekistonda qancha chaqaloq dunyoga kelgani e`lon qilindi'ning rasmi

2023 yil 1 yanvar soat 17.00 holatiga ko`ra, mamlakatimizda jami 1312 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.

Ularning:

687 nafari o`g`il, 

625 nafari qiz.

Eng ko`p tug`ilish Farg`ona viloyatida (172 nafar) qayd etildi.

Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o`rinlarni: 

Qashqadaryo viloyati (169 nafar),

Namangan viloyati (137 nafar),

Surxondaryo  viloyati (133 nafar),

Samarqand viloyati (121 nafar) band etdi. 

Eng kam tug`ilish esa Sirdaryo viloyati (35  nafar) hissasiga to`g`ri keldi.

E`tiborlisi, tug`ilganlarning 7 nafari egizakdir. 

Ayni paytda shifokorlarimiz go`daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo`yicha sifatli tibbiy xizmat ko`rsatmoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 227 ta tug`uruq kompleksida ham tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko`rsatmoqda

    Boshqa yangiliklar