2023 yil 2 - 4 yanvar kunlari Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining “Chimyon” tog`lari tabiiy hududi bo`ylab qor ko`chish xavfi bor. Bu haqda "O`zgidromet" ogohlantiradi.
"Tog`li hududlarda yashovchi fuqarolar, hamda dam oluvchilar va tog`li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko`rishlarini so`raymiz", deyiladi xabarda.






