Bugun, 1 yanvar kuni Bo`stonliq tumanidagi dam olish maskanlariga tashrif buyuuruvchilar soni keskin ortdi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
“Bo`stonliq tumanining tog`li hududlarida joylashgan dam olish maskanlariga tashrif buyuruvchilar soni ortib, ushbu hududlar atrofidagi avtoturargohlar transportlar bilan to`lgan.
Bayram munosabati bilan tog`li hududlarga tashrif buyuruvchi fuqarolardan yo`llarda ehtiyotkorlik bilan, qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishlarini so`raymiz”, - deyiladi xabarda.






