AsosiyJamiyat

Chevrolet Onix ishonchni oqlamaganligi sababli 2023 yildan Chevrolet Lacetti'ga kontraktasiya ochiladimi?

'Chevrolet Onix ishonchni oqlamaganligi sababli 2023 yildan Chevrolet Lacetti'ga kontraktasiya ochiladimi?'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Onix xaridorlarning ishonchini oqlamaganligi uchun yanvar oyida Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktasiya ochilishi rejalashtirilayotganligi to`g`risida xabarlar keng tarqaldi. Ushbu masalaga UzAuto Motors rasmiy munosabat bildirdi:

UzAuto Motors kompaniyasi e`lon qilingan axborotni haqiqatga to`g`ri kelmasligini, axborotning feyk xabar ekanligini rasman ma`lum qiladi.

Hurmatli blogerlar va xaridorlar, sizdan shubhali manbalarga ishonmasligingizni va faqat UzAuto Motors kompaniyasining rasmiy kanallaridan axborot olishingizni so`raymiz, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar