O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Sammitda Hamdo`stlik mamlakatlari etakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko`zda tutilgan.






