Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati ma`lum qilishicha, Prezidentning 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O`zbekiston ma`muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF–269-son Farmoni hamda “Yangi O`zbekiston ma`muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-447-son qaroriga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarining markaziy apparat va hududiy bo`linmalari tashkiliy tuzilmalari qaytadan ko`rib chiqilayotganligi hamda shtat birliklari maqbullashtirilayotganligi sababli Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.argos.uz) orqali e`lon qilingan tanlovlarning barcha jarayonlarini vaqtinchalik to`xtatildi.
Davlat organi va tashkilotlarining tashkiliy tuzilmalari hamda shtat birliklari qayta tasdiqlangandan so`ng vakant lavozimlarga tanlovlar o`rnatilgan tartibda yanada takomillashtirilgan vacancy.argos.uz portali orqali e`lon qilinadi va davom ettiriladi.






