AsosiyJamiyat

Maktablarda “Bolalar uchun gimnastika” dasturi joriy qilinadi

'Maktablarda “Bolalar uchun gimnastika” dasturi joriy qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori imzolandi.

Unga ko`ra, 2023/2024 o`quv yilidan boshlab  maktablarda boshlang`ich sinf o`quvchilariga mo`ljallangan, gimnastika sport turlari bo`yicha sport maktabining boshlang`ich tayyorgarlik guruhlari uchun ishlab chiqilgan dastur asosida “Bolalar uchun gimnastika” dasturi joriy qilinadi.

Maktabgacha ta`lim vazirligi O`zbekiston gimnastika federasiyasi bilan birgalikda 2023 yil 1 iyulga qadar davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni gimnastikaga asoslangan muntazam jismoniy mashqlarga qiziqtirish va shug`ullantirish bo`yicha to`garaklar faoliyatini tizimli yo`lga qo`yiladi.

Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida birinchi bosqichda Nukus, Samarqand va Farg`ona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnika  va o`quv-mashq bazasiga ega bo`lgan hududiy Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari (keyingi o`rinlarda – Gimnastika markazlari) tashkil etiladi.

Gimnastika markazlari o`z faoliyatini 2024/2025 o`quv yilidan boshlaydi.

Gimnastika markazlari o`quvchilarining umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1–11-sinf o`quvchilaridan iborat bo`ladi.

Gimnastika bo`yicha olimpiya zaxiralari maktabida 7 yoshdan  18 yoshgacha bo`lgan ta`lim oluvchi o`quvchi-sportchilarning umumiy kontingenti 132 nafarni tashkil etgan holda, o`qish muddati 11 yil bo`lib, har yili 12 nafar iqtidorli o`quvchi-sportchi qabul qilinadi

2023/2024 o`quv yilidan boshlab O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida gimnastika bo`yicha amaldagi o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini ikki baravarga oshirish choralari ko`riladi.

 

    Boshqa yangiliklar