"O`zgidromet" markazi O`zbekiston bo`ylab 27-30 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.
Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 3-8°sovuq, kunduzi 0-5°iliq, 28-30 dekabrda kechasi 5-10°sovuq, kunduzi 0-5°iliq bo`ladi.
XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, 27 dekabrda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, 28-30 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 2-7°iliq, 28-30 dekabrda kechasi 3-8°sovuq, kunduzi 2-7°iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 28 dekabrda kechasi 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 7-12°iliq, 29-30 dekabrda 0-5°sovuq, kunduzi 3-8°iliq; Navoiy viloyatining shimolida 27 dekabrda kechasi 3-8°sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-30 dekabrda kechasi 5-10°sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.
TOShKENT, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi faqat 28 dekabrda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-dekabr kechasi 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 7-12° iliq, 28 dekabrda kechasi 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 5-10° iliq, 29-30 dekabrda 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.
SAMARQAND VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, 27-28 dekabrda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, 29-30 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-dekabr kechasi 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 7-12° iliq, 28 dekabrda kechasi 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 5-10° iliq, 29-30 dekabrda 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, 27 dekabrda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin, 28-30 dekabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 dekabrda kechasi 2-7°iliq, kunduzi 10-15° iliq, 29-30 dekabrda 0-5°iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
SURXONDARYo VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 dekabrda kechasi 2-7°iliq, kunduzi 10-15° iliq, 29-30 dekabrda 0-5°iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12°iliq, 28-30 dekabrda kechasi 2°sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7°iliq, bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 27-28 dekabrda 2-7° iliq, 29-30 dekabrda 0-5° iliq bo`ladi.






