AsosiyJinoyat

Namanganda “geroin” sotuvchisi bo`lgan qirg`iz fuqarosi qo`lga olindi

'Namanganda “geroin” sotuvchisi bo`lgan qirg`iz fuqarosi qo`lga olindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg`ona viloyati bo`yicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida og`ir turdagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, “Toshkent-Andijon” yo`nalishida harakatlanayotgan “Neksiya 2” rusumli avtomashina Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Sherobod” yo`l-patrul xizmati maskanida to`xtatildi.

Avtomashina xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, unda yo`lovchi sifatida ketayotgan, Andijon shahrida vaqtincha yashovchi, 1973 yilda tug`ilgan Qirg`iz Respublikasi fuqarosiga tegishli 996 gr. “geroin” moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Aniqlanishicha, tojikistonlik narkokur`erlar tomonidan kontrabanda yo`li bilan Toshkent viloyatining Bekobod tumani hududiga o`tkazib berilgan ushbu ajal og`usini mazkur shaxs Farg`ona vodiysida sotishni rejalashtirgan.

Hozirda ushbu fuqaroga nisbatan DXX Farg`ona viloyati bo`yicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar