AsosiyJamiyat

Yo`lovchilar avtobuslar harakatida ijobiy o`zgarishlarni sezishmoqda

'Yo`lovchilar avtobuslar harakatida ijobiy o`zgarishlarni sezishmoqda'ning rasmi

Davlatimiz rahbari tomonidan 13 dekabr kuni Toshkent shahrida jamoat transporti tizimidagi muammolarni bartaraf etish bo`yicha berilgan topshiriqlar yuzasidan bir qator vazirlik, idoralarga avtobus saroylari biriktirilgan edi. 

Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Toshkent shahar Sirg`ali tumanida joylashgan 4-sonli va Yangihayot tumanidagi 12-sonli avtobus saroyi biriktirilgan. Bu borada vazirlik tomonidan tunu kun tartibda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deya xabar berdi tashkilot axborot xizmati.

Bugun, 24 dekabr kuni erta tongdan favqulodda vaziyatlar vaziri  A.X.Qo`ldoshev vaziyatni o`rganish maqsadida, ushbu avtobus saroylariga tashrif buyurib, ishchi-xizmatchilar bilan uchrashdi.  

Shuningdek, jamoat transportida yurib, yo`lovchilar uchun yaratilgan qulayliklar va shu bilan birga, ularning mavjud muammolar haqidagi fikrlari o`rganildi. 
     
Yo`lovchilar Davlatimiz rahbari topshirig`idan so`ng qisqa muddatda vaziyat keskin ijobiy tomonga o`zgargani, avtobuslar harakatlanishidagi oraliq interval qisqarganini ta`kidlamoqdalar, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar