AsosiyJamiyat

Prezident 26 dekabr kuni Rossiyaga boradi

'Prezident 26 dekabr kuni Rossiyaga boradi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 26-27 dekabr kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo`ladi.

Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o`tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o`rin olgan.

Hamdo`stlik mamlakatlari etakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar