Joriy yilning 20 dekabr kuni soat 17:37 da Toshkent - Salar temir yo`l bekatlari oralig`ining 3365 km 5-6 to`siqlari orasida mashinist boshqaruvida bo`lgan yo`lovchi poezdi 2005 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan shaxsni temir yo`lning belgilanmagan qismidan qulog`iga quloqchin taqib, qo`l telefonida musiqa tinglab o`tib ketayotgan vaqtda urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Poezd urib yuborishi natijasida voyaga etmagan shaxs olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.






