AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Sankt-Peterburgga boradi

'Shavkat Mirziyoev Sankt-Peterburgga boradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti MDHning norasmiy sammitida ishtirok etadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoev 26-27 dekabr kunlari MDHga a`zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo`ladi.

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o`tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko`p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o`rin olgan", — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hamdo`stlik mamlakatlari etakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar