AsosiyJamiyat

⚡️ Tugatilayotgan 12 ta davlat boshqaruvi organlari nomi e`lon qilindi (ro`yxat)

'⚡️ Tugatilayotgan 12 ta davlat boshqaruvi organlari nomi e`lon qilindi (ro`yxat)'ning rasmi

Prezidentning “Yangi O`zbekiston ma`muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmoni ko`ra, 2023 yil 1 yanvardan quyidagi davlat boshqaruvi organlari vazifa va funksiyalari tegishli vazirlik va idoralarga o`tkazilgan holda tugatiladi:

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi – Qishloq xo`jaligi bilan bog`liq vazifa va funksiyalari Qishloq xo`jaligi vazirligiga, sanoatni rivojlantirish bilan bog`liq vazifa va funksiyalari esa Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o`tkazilmoqda;

Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni o`rganishni ommalashtirish agentligi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi hamda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;

 Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi – vazifa va funksiyalari Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o`tkazilmoqda;

Moliya vazirligi huzuridagi Sug`urta bozorini rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o`tkazilmoqda;

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o`tkazilmoqda;

Suv xo`jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo`jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi – vazifa va funksiyalari Suv xo`jaligi vazirligiga o`tkazilmoqda;

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasiga o`tkazilmoqda;

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi huzuridagi Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi – vazifa va funksiyalari Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasiga o`tkazilmoqda;

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi huzuridagi “O`zbekchorvanasl” agentligi – vazifa va funksiyalari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo`mitasiga o`tkazilmoqda;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – vazifa va funksiyalari tegishincha Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi hamda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi orasida taqsimlanmoqda;

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investisiya loyihalarini ishlab chiqish markazi – vazifa va funksiyalari Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o`tkazilmoqda;

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi – vazifa va funksiyalari Sog`liqni saqlash vazirligiga o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar