Prezident tomonidan “Yangi O`zbekiston ma`muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmon va uning ijrosini samarali tashkil etish bo`yicha qaror imzolandi.
Yangi farmon va qaror bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab qator o`zgarishlar kiritilmoqda
- Hukumatga bo`ysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, shu jumladan vazirliklar soni 21 tagacha qisqartirilmoqda (ro`yxat).
Bunda, 20 ta idora to`liq tugatilmoqda;
- barcha vazirliklarning shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi;
- ilg`or xorijiy tajribalar asosida davlat boshqaruvi idoralari faqat vazirlik, qo`mita, agentlik va inspeksiyadan iborat bo`ladi. Bunda, vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas`ul bo`lib, tarmoqqa kiruvchi qo`mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi.






