"O`zgidromet" xabariga ko`ra, dam olish kunlari respublika bo`yicha asosan kam bulutli ob-havo bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi.
Bugun kunduz kuni O`zbekiston hududida sovuq antisiklon ta`siri saqlanib turadi. Respublika bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysining ayrim hududlarida kuchsiz qor yog`ishi mumkin. Havo harorati 2-7daraja iliq, respublika shimolida 3daraja sovuq-2daraja iliq atrofida bo`ladi.
Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab respublikaning ayrim hududlariga tuman tushishi mumkin.
Shanba kuni O`zbekiston bo`yicha sovuq havo massasining ta`siri saqlanib turadi, yakshanba kuni esa respublika hududidan sovuq havo chekina boshlaydi va kunduz kuni havo 7-10 daraja iliqgacha, janubda 11-13daraja iliqgacha isiydi.






