Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan korrupsion jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o`tkazilmoqda.
Fuqaro S.Q.ning ariza yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi boshlig`i M.M. birlashmada katta hamshira lavozimida ishlovchi S.A. orqali fuqaro S.Q.ni ishga qabul qilish evaziga 500 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.






