AsosiyJamiyat

Faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli ko`paytiriladi

'Faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli ko`paytiriladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko`krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga biryo`la beriladigan pul mukofoti summasi BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha (1,5 mlndan 4,5 mln so`mgacha) oshiriladi.

 Shuningdek, ko`krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga quyidagi huquqlar beriladi:

- ular uchun qulay bo`lgan vaqtda yillik asosiy mehnat ta`tiliga chiqish;

- shahar jamoat transportining barcha turlaridan (yo`nalishli va yo`nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish;

- davlat sanatoriy-kurortlarida davolanish uchun yo`llanmalarni navbatsiz olish;

-  doimiy (yiliga kamida 3 marta qon topshiruvchi) donorlar va ularning yaqin qarindoshlari (ota-onalari, turmush o`rtog`i, farzandlari, aka-uka va opa-singillari, turmush o`rtog`ining ota-onalari) stasionar davolanish jarayonida, zarurat tug`ilganda, qon va uning tarkibiy qismlari bilan bepul ta`minlanadi;

-  donorlarni bepul ovqat bilan ta`minlash bo`yicha xarajatlarning qiymati respublika bo`yicha bir xil — mehnatga haq to`lash eng kam miqdorining 3 foizi (27 ming 600 so`m) miqdorida belgilanadi;

-  immun donorlarga o`tkazilgan immunizasiya va topshirilgan plazmasi uchun haq to`lash miqdori mehnatga haq to`lash eng kam miqdorining oshirilishi darajasi doirasida mutanosib ravishda indeksasiya qilib boriladi;

- shoshilinch holatlarda donor qonining tarkibiy qismlarini tashish uchun tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishga ruxsat beriladi.

    Boshqa yangiliklar