Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi shu yil 16 dekabr kuni navbatdagi bayonnomasini e`lon qildi. Unga ko`ra, poytaxtda xususiy amaliyot bilan shug`ullanuvchi 6 ta notariusning lisenziyasi vaqtincha to`xtatildi. Bu haqda poytaxt Adliya boshqarmasi xabar bermoqda.
Xususan:
- Sergeli tumanida N.Munavvarovaning lisenziyasi amal qilish muddati 22 dekabrdan 15 kun muddatga;
- Shayxontohur tumanida Y.Ergashevaning lisenziyasi 24 dekabr kunidan 2 oy muddatga;
- Shayxontohur tumanida T.Usmanovning lisenziyasi amal qilish muddati 24 dekabr kunidan 15 kun muddatga;
- Olmazor tumanida K.Saipovaning lisenziyasi amal qilish muddati 22 dekabr kunidan 2 oy muddatga;
- Bektemir tumanida E.Shadievaning lisenziyasi amal qilish muddati 22 dekabr kunidan 1 oy muddatga;
- Shayxontohur tumanida S.Abdujalolovaning lisenziyasi 22 dekabr kunidan 1 oy muddatga to`xtatildi.






