AsosiyJamiyat

Norov boshchiligidagi delegasiya 22-25 dekabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida bo`ladi

'Norov boshchiligidagi delegasiya 22-25 dekabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida bo`ladi'ning rasmi

2022 yilning 22-25 dekabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegasiya “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yig`ilishida ishtirok etish uchun Yaponiyaning Tokio shahriga tashrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bo`lajak tadbir kun tartibidan transport bog`liqligi, logistika, sanoat kooperasiyasi, sog`liqni saqlash, ta`lim, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida hamkorlik masalalari o`rin olgan.

Tashrif doirasida O`zbekiston Tashqi ishlar vaziri qator ikki va ko`p tomonlama muzokaralar o`tkazadi, shuningdek, Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari hamda vatandoshlar bilan uchrashuvlar o`tkazadi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar