Bugun, 21 dekabr kuni taxminan soat 16:50 larda Chilonzor tumani Kichik halqa avtomobil yo`li RShTYoKIM qarshisida 1979 yilda tug`ilgan A.Sh. davlat raqami belgisi 01 D 916 MA bo`lgan “AUDI” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, motor qismida qisqa tutashuv yuzaga kelganligi sababli yong`in kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, yong`in hududiy Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari tomonidan o`chirilgan. Hodisa natijasida tan jaroxati olganlar yuq.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar bo`limi mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






