AsosiyJamiyat

Farg`onada er-xotin is gazidan vafot etdi

'Farg`onada er-xotin is gazidan vafot etdi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Uchko`prik tumanidagi xonadonda er-xotin is gazidan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati darakchi.uz'ga xabar bermoqda.

Berilgan ma`lumotga ko`ra,  Uchko`prik tumani IIB navbatchilik qismidan 21 dekabr kuni xabar kelib tushadi. "Chorbog`" MFY, Yuksalish ko`chasidagi uyda yashagan 1977 yilda tug`ilgan Sh.E. va 1995 yilda tug`ilgan turmush o`rtog`i K.E. yashash xonadonida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.

Ko`zdan kechirish davomida yashash xonadonining yonma-yon joylashgan yotoqxonasi va yuvinish xonasiga qo`lbola usulda yasalgan, temirdan ishlangan pechka o`rnatilgani, pechka shlang orqali propan gaz baloniga ulanib, isitish uchun moslangani, hodisa sodir bo`lgan kuni xonadonda gaz to`liq yonmasdan, is gazi ajralib chiqqani aniqlangan.

Hozirda  holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar