Buxoro viloyati IIB matbuot xizmatining xabariga ko`ra, mazkur holat joriy yilning 9 dekabr kuni Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida sodir bo`lgan.
Tumanning "Zarangari" mahallasida yashovchi 2005 yilda tug`ilgan voyaga etmagan H.Sh. o`ziga oldindan tanish bo`lgan shu mahallada yashovchi yigitdan pul olishni reja qiladi.
Aniqlanishicha, 17 yoshli qiz u yigit bilan o`rtalarida bo`lgan ishqiy munosabatlar to`g`risida bolaning oila- a`zolariga aytmaslik va tuman IIBga yozgan arizasi yuzasidan da`vo va e`tirozi yo`qligini yozib berish evaziga 3 000 AQSh dollari berishini talab qiladi.
Buxoro viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida "Dilkusho" mahallasida talab qilingan pullardan, 1 000 AQSh dollarini tovlamachilik yo`li bilan olayotgan vaqtda qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






