AsosiyJamiyat

Fuqarolarga faqat pasport yoki ID-karta bilan davlat pensiyasi tayinlanishi mumkin (video)

'Fuqarolarga faqat pasport yoki ID-karta bilan davlat pensiyasi tayinlanishi mumkin (video)'ning rasmi

Ish staji va ish xaqi to`g`risidagi ma`lumotlar raqamlashtirilgan fuqarolarga faqat pasport yoki ID-karta bilan davlat pensiyasi tayinlanishi mumkin. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi boshqarma boshlig`i Kamoliddin Hojibekov ma`lum qildi.

Ma`lumotlar to`liq yoki qisman raqamlashtirilgan, mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolar ish joyida kadrlar bo`limiga murojaat qilib, mehnat daftarchasi hamda diplom ma`lumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” (YaMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni talab qilishingiz hamda to`g`ri kiritilganligi bo`yicha tekshirib chiqishingiz so`ralmoqda.

Mehnat faoliyatini tugatgan fuqarolar istalgan Bandlikka ko`maklashish markazlariga murojaat qilishi hamda mehnat daftarchasidagi ma`lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” (YaMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmatidan foydalanish huquqiga ega. (Ushbu xizmat bepul amalga oshiriladi).

    Boshqa yangiliklar