AsosiyDunyo

Angliya banki Charlz III banknotasi dizaynini taqdim etdi

'Angliya banki Charlz III  banknotasi dizaynini taqdim etdi'ning rasmi

Seshanba kuni Angliya banki Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Charlz III tasvirlangan banknot dizaynini taqdim etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Bank veb-saytida e`lon qilingan bayonotga ko`ra, qirolning portreti £5, £10, £20 va £50 polimer banknotlarda paydo bo`ladi.

Monarxning profili banknotlarning old tomonida, shuningdek, Big Ben tasviri yonidagi shaffof himoya oynasida kameo ko`rinishida tasvirlanadi, dizaynda boshqa o`zgarishlar bo`lmaydi. Orqa tomon ham bir xil qoladi.

Qirol tasviri tushirilgan banknotalar 2024 yil o`rtalarida muomalaga kirishi kutilmoqda. Yangi banknotalar faqat eskirganlarini almashtirish uchun va talab oshgan taqdirda chop etiladi.

Qirol Charlz  III va marhum qirolicha Elizaveta II suratlari tushirilgan tangalar va banknotalar Buyuk Britaniya va Britaniya monarxi rasman davlat rahbari bo`lib qoladigan boshqa mamlakatlarda birgalikda muomalada bo`ladi. 

Angliya banki ma`lumotlariga ko`ra, marhum qirolicha Elizaveta  II portreti tushirilgan veksellar eskirgan yoki shikastlanmaguncha qonuniy to`lov vositasi bo`lib qoladi. Bu qaror qirollik oilasining irodasiga ko`ra, monarx o`zgarishining ekologik va moliyaviy oqibatlarini minimallashtirish maqsadida qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar