Hindistonning G`arbiy Bengaliya shtatida odamlar noma`lum uchar jismni ko`rdi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.
NUJ videotasvirlarga tushib qolgani uchun hatto o`zga sayyoraliklarga ishonmaydiganlar ham hayratga tushdi.
Osmonda g`ayrioddiy yorug`lik tarqatuvchi ob`ekt paydo bo`lib bir necha daqiqa turib qolgan.
Shokka tushib qolgan guvohlar va internet foydalanuvchilari o`zga sayyoraliklar bunaqa masofada yaqinlashganini kutmagan edi.
NUJ haqidagi xabar mahalliy hokimiyatni ham tashvishga solib qo`ydi va ular holatni o`rgana boshladi. Aniqlanishicha, osmonda ko`ringan nur o`zga sayyoraliklar kemasidan emas, balki harbiylar Begal ko`rfaziga otgan sinov raketasidan tarqalgan.






