2023 yilda ham qishloq xo`jaligida islohotlar qat`iy davom ettiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis palatalariga yo`llayotgan murojaatida aytib o`tdi.
Qayd etilishicha, shu yilning o`zida 100 ming gektar ekin erini aholiga dehqonchilik qilish uchun bo`lib berilgan. Buning hisobidan 1,5 million tonna qo`shimcha oziq-ovqat etishtirilgan. Eng asosiysi, qishloqlarda 400 mingta yangi dehqon xo`jaligi tashkil qilindi, 1 million 200 mingdan ziyod odamlarimiz band bo`lib, daromad olayapti.
Shu bois, 2023 yilda ham suv ta`minoti yaxshi 100 ming gektar qo`shimcha ekin maydonlari aholiga ajratiladi.
Kooperasiya faol qo`llab-quvvatlanadi, kichik va o`rta quvvatli saqlash, saralash va qayta ishlash infratuzilmasi rivojlantiriladi.
Umuman, agrar sohada yuqori qo`shilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalariga 2023 yilda 1 milliard dollar ajratiladi.






