AsosiyJamiyat

⚡️ O`tgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar bo`yicha javobgarlikka tortildi

'⚡️ O`tgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar bo`yicha javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Prezident Oliy Majlisga yo`llayotgan murojaatnomasida eng dolzarb muammo bo`lgan korrupsiya masalasiga alohida to`xtalib o`tdi.

"O`tgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar bo`yicha javobgarlikka tortildi. Lekin, ochiq aytish kerak, bu – masalaning sababi bilan emas, oqibati bilan kurashish", - dedi u.

Davlat rahbari deputat va senatorlar, mahalliy Kengashlar ham bong urib, aniq sohalarni tahlil qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo`yicha faol bo`lishga chaqirdi, buning uchun ularda etarli vakolat ham, shijoat ham borligini ta`kidladi.

Sun`iy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korrupsiyaga imkon beruvchi barcha bo`shliqlarga barham berilishi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar