Kelgusi yilda oliygohlar uchun imtiyozli ta`lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko`paytirilib, 1,7 trillion so`m ajratiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis palatalariga yo`llayotgan murojaatida aytib o`tdi.
Bu yil ilm-fan va innovasiyalarga 1,5 trillion so`m yo`naltirildi. Bu – 2017 yilga nisbatan qariyb 6 barobar ko`p, degani. Olimlarning ish haqi ham, 4,5 barobarga oshirildi. Bularning hisobiga, nano- va bio-texnologiyalar, raqamli geologiya kabi 18 ta yangi ilmiy yo`nalish tashkil etildi.
Prezidentning qayd etishicha, kelasi yili ilm-fan va innovasiyalarga 1,8 trillion so`m ajratiladi.
“Endi, olimlarimiz suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi bugungi kunda biz uchun dolzarb yo`nalishlarda aniq natijalar ko`rsatishlari kerak”, - dedi davlat rahbari.






