AsosiyJamiyat

⚡️ Shavkat Mirziyoev: "Ko`p vazirlar o`zgaradi, endi, qaysi vazir o`z ishini eplay olmasa, iste`foga chiqadi"

'⚡️ Shavkat Mirziyoev: "Ko`p vazirlar o`zgaradi, endi, qaysi vazir o`z ishini eplay olmasa, iste`foga chiqadi"'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, ayni daqiqalarda davlat rahbari Parlament va O`zbekiston xalqiga murojaat qilmoqda.

"Biz korrupsiya haqida ko`p gapiramiz, lekin tizimida korrupsiyaga yo`l qo`yilsa, nima uchun vazir javob bermasligi kerak? Endi so`rov boshqacha bo`ladi. Vazir o`z tizimiga ajratilgan mablag`larni samarali va maqsadli ishlatish bo`yicha birinchi bo`lib, o`zi javob beradi. Davlat vakillari o`zining halol mehnati, oddiyligi, xalqsevarligi, samimiyligi va fidoyiligi bilan odamlarimiz mehrini qozonishi kerak.  

Endi, vazirlarning siyosiy mas`uliyati oshirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etiladi.

Har bir viloyatdagi muammolarni echish uchun, har oyda joyiga chiqqan holda “Hukumat kuni” o`tkazilishi yo`lga qo`yiladi. Vazir har yil boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo`yicha  hisobot beradi.

Ta`kidlab aytmoqchiman – endi, qaysi vazir o`z ishini eplay olmasa, iste`foga chiqadi. Ko`p vazirlar o`zgaradi. O`z sohasining chuqur bilimdoni, fidoyi va ishidan xalq rozi bo`layotgan vazirlar lavozimida qoladi», — Shavkat Mirziyoev", — Shavkat Mirziyoev.

 

    Boshqa yangiliklar