AsosiyJamiyat

Bugun harorat 10 darajagacha ko`tariladi

'Bugun harorat 10 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida ba`zi joylarda biroz qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kunduzi 5-10° iliq, shimolda 0-5° iliq bo`ladi. 

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar