Avval xabar berganimizdek, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo`lib o`tdi.
Bosh vazir o`rinbosari Jamshid Qo`chqorov o`z ma`ruzasida O`zbekiston yalpi ichki mahsulotida o`sish prognozlari haqida gapirdi:
"Kelgusi yildan iqtisodiy o`sishni 5,3 foiz miqdorida reja qilayapmiz. Bu yil dollar hisobiga yalpi ichki mahsulotimiz birinchi marta 2 ming dollardan oshib, 2 ming 200 dollarga etishi kutilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2026 yil yakunlari bilan O`zbekiston YaIMni 100 mlrd. dollarga etkazish talabini qo`yganlar. Bugungi hisob-kitoblarimiz bo`yicha, 2025 yil yakunlari bilan YaIMni 100 mlrd. dollarga etishi mumkin",— dedi Qo`chqorov






