Turkiyaning Denizli shahrida yashovchi o`zbekistonlik erkak xotinini bo`g`zidan pichoqlab o`ldirdi, so`ng o`z joniga qasd qildi, deya xabar bermoqda Habertürk.
Qayd etilishicha, O`zbekiston fuqarolari — 32 yoshli G.K. va eri Sh.H. ko`p qavatli uyda yashagan. Juftlik noma`lum sabablarga ko`ra janjallashib, buning oqibatida er xotinining ko`ksiga ikki marta pichoq urgan va bo`g`ziga pichoq tortgan. So`ng o`zini ham pichoqlagan.
Voqeaga guvoh bo`lgan ular bilan birga yashovchi boshqa o`zbekistonlik oila xafvsizlik xodimlari hamda tez yordamga murojaat qilgan. Ayol voqea joyida halok bo`lgan, hushsiz yotgan er shifoxonaga etkazilgan. Ayni vaqtda erkakning ahvoli o`g`irligi aytilmoqda.






