Kecha, 18 dekabr kuni Afg`onistonning Parvon viloyati Salang tunnelida yuz bergan yong`in oqibatida 19 kishi halok bo`ldi.
O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi holat haqida bayonot berdi:
“Salang” tunnelida yoqilg`i tashuvchi avtomashinaning portlashi oqibatida ko`plab qurbonlar bo`lgani haqidagi xabarni chuqur qayg`u bilan qabul qildik. Halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tezroq sog`ayib ketishini tilaymiz" deyiladi bayonotda.
Ma`lumot o`rnida:
Hodisada 37 kishi jarohatlangan.
Ayni paytda “Tolibon” Jamoat ishlari vazirligi yong`in o`chirilgani, brigadalar hududni tozalash ishlari olib borilayotganini ma`lum qildi.






