AsosiyJamiyat

DSQ tomonidan quyi soliq organlarining jami 528 mlrd. so`mlik 109 ta qarori soliq to`lovchilar foydasiga bekor qilingan

'DSQ tomonidan quyi soliq organlarining jami 528 mlrd. so`mlik 109 ta qarori soliq to`lovchilar foydasiga bekor qilingan'ning rasmi

2022 yilning 1 dekabr holatida DSQga shikoyat berish tartibida jami 1 485,6 mlrd  so`mlik 459 ta soliq nizosiga oid shikoyatlar kelib tushgan. DSQ Matbuot xizmatining xabar berishicha,  shikoyatlarning barchasini belgilangan tartibda ko`rib chiqilishi ta`minlangan. Shundan:

  • soliq auditi bo`yicha — 1 268,7 mlrd so`mlik 267 ta shikoyat;
  • sayyor soliq tekshiruvi bo`yicha — 216,9 mlrd  so`mlik 192 ta shikoyat.  

Davlat soliq qo`mitasi tomonidan:

  • 528,0 mlrd  so`mlik 109 ta murojaat bo`yicha  

(shundan, 28 tasi 442,4 mlrd so`mlik qisman) soliq to`lovchilarning shikoyati qanoatlantirilgan;

  • 579,5 mlrd so`mlik 316 ta murojaat bo`yicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari o`z kuchida qoldirilib, bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
  • 378,1 mlrd so`mlik 34 ta murojaat bo`yicha o`rganish davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar