AsosiyJamiyat

Noqulay ob-havo sharoiti Toshkent va Namangan aeroportlar faoliyatini cheklab qo`ydi

'Noqulay ob-havo sharoiti Toshkent va Namangan aeroportlar faoliyatini cheklab qo`ydi'ning rasmi

Qalin tuman tufayli ko`rishning yomonlashishi Toshkent va Namangan xalqaro aeroportlarida samolyotlarni qabul qilish va jo`natishni vaqtincha cheklab qo`ydi. Bu haqda "UZBEKISTAN AIRPORTS" xabar bermoqda.

Qalin tuman “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY614 (Moskva — Toshkent) reysini Buxoro muqobil aerodromiga jo`natilishiga sabab bo`lgan. Bortida 214 yo`lovchi bo`lgan samolyot mahalliy vaqt bilan 03:23 da Buxoroga kelib qo`ndi. Shuningdek, HY426 (Dehli — Toshkent) reysi ham Buxoro aeroportiga yo`naltirildi. Ko`rish yaxshilanganidan keyin ikkala samolyot ham Toshkentga qaytib uchib kelgan.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY23/24 (Toshkent — Buxoro — Toshkent) reysi biroz kechiktirildi. HY23 reysi mahalliy vaqt bilan 10:52 da Buxoroga kelib qo`ndi va 11:53 da Toshkentga jo`nab ketdi.

Bundan tashqari, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9662 (Ekaterinburg — Toshkent), HY3196 (Seul — Toshkent), HY274 (Istanbul — Toshkent), HY708 (Vladivostok — Toshkent), HY9646 (Moskva — Toshkent) yo`nalishlaridagi reyslari Navoiydagi muqobil aerodromga yo`naltirildi. Shuningdek, Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasining Mineralnie Vodi — Toshkent yo`nalishi bo`yicha AFL1870 reysi Navoiyga jo`natildi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY18 (Nukus — Toshkent) va HY336 (Jidda — Toshkent), Ozarbayjonning “Azal” aviatashuvchisining AHY5031 (Boku — Toshkent), “Fort Aero”ning FRX513 charter reysi Samarqandga muqobil aerodromga jo`nab ketdi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Perm — Namangan yo`nalishi bo`yicha HY9802 reysi Farg`ona aeroportiga yo`naltirildi va mahalliy vaqt bilan soat 01:51 da Farg`onaga kelib qo`ndi.

HY9620/9619 (Moskva — Namangan — Moskva) reysi uchish vaqti 18 dekabrdan 19 dekabrga o`zgartirildi. Samolyot belgilangan aeroportga mahalliy vaqt bilan 16:10 da jo`naydi.

19 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:40 ga belgilangan HY9619 (Namangan — Moskva) reysi esa 20 dekabrga ko`chirildi. “Uzbekistan Airways”  aviakompaniyasining HY9805 (Namangan — Samara) va HY9806/9829 (Samara — Namangan — Ekaterinburg) reyslari ham kechiktirildi.

"S7" aviakompaniyasining SBI5567/5568 (Novosibirsk — Namangan — Novosibirsk) reysi; "Air Arabia" aviakompaniyasining G785 (Namangan — Sharja) va G785 (Sharja — Namangan — Sharja) reyslari; "Red Wings" aviakompaniyasining WZ4483/4484 reyslari (Moskva — Namangan — Moskva); shuningdek, "Jazeera Airways"ning J9645 reysi (Quvayt — Namangan — Quvayt) Namanganda ob-havo sharoiti yaxshilanmaguncha kechiktirildi.

Namangan aeroportida havo kemalarini qabul qilish va jo`natish uchun cheklovlar hamon amalda

    Boshqa yangiliklar