Rasul Kusherbaevning xabar berishicha, deputatlar tomonidan yil oxiriga kelib 2022 yil davlat byudjetiga o`zgartirish to`g`risida masala ko`rib chiqilmoqda.
Deputatlar qo`liga shoshilinch berilgan Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihasi ko`ra, 2022 yil byudjetidan:
- davlat-xususiy sherikchiligi asosida asosida faoliyat ko`rsatayotgan nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari sonining ortib borayotgani hisobiga ushbu yo`nalishga qo`shimcha subsidiyalar ajratish uchun Maktabgacha ta`lim vazirligi 407,1 mlrd so`mga;
- Issiqlik ta`minoti bo`yicha aholiga past darajali tariflar qo`llanishi natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplash maqsadida Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligi 404,7 mlrd so`mga;
- eksport qilinadigan mamlakatlarda mahalliy avtomobil sanoati korxonalari tomonidan to`lanadigan utilizasiya yig`imi harajatlariga davlat byudjetidan mablag` ajratish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi 224,5 mlrd so`mga;
- Hududlarda zudlik bilan echilishi lozim bo`lgan qo`shimcha tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida keyinchalik mahalliy byudjetlarga qayta taqsimlash (o`tkazib berish) maqsadida Moliya vazirligiga 1 000,0 mlrd so`mga oshirish ko`zda tutilgan.
"Eng qizig`i utilizasiya yig`imi kimlarga va qanday maqsadlarda ishlatilayotgani, monopolist "UzavtoMotors" utilizasiya yig`imini to`layaptimi yo`qmi, bu yashirilayotgan bir vaqtda davlat byudjetidan utilizasiya yig`imi harajatlariga 224,5 mlrd so`m ajratish so`ralishi mantiqsizlik. Katta ehtimol bilan xalqning g`aznasidagi bu pullar monopolist kompaniyaning hisobiga o`tkaziladi.
Albatta ko`plab savollarga javoblar maxfiy qolayotgan bir vaqtda bu loyihaning qabul qilinishiga to`liq qarshiman", - deydi R.Kusherbaev.
Bu deputatlar qo`liga shoshilinch berilgan Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan qonun loyihasida nazarda tutilgan.






