AsosiyJamiyat

Olot tumanini qariyb 10 yil boshqargan hokim qamoqqa olindi

'Olot tumanini qariyb 10 yil boshqargan hokim qamoqqa olindi'ning rasmi

Buxoro viloyati Olot tumaniga qariyb 10 yil rahbarlik qilgan sobiq hokim qamaldi. Bosh prokuratura ushbu ma`lumotni "Darakchi.uz" so`roviga asosan taqdim etdi.

Ma`lum qilinishicha, sobiq hokim o`z faoliyati davomida davlat manfaatlariga juda ko`p miqdordagi zarar etkazgani aniqlangan.  

Aniqlovga asosan, shu yil 17 dekabr kuni Buxoro viloyat prokuraturasining ish yurituvidagi jinoyat ishi doirasida ayblanuvchuga JKning 205 va boshqa moddalari bilan ayblov  e`lon  qilinib, qamoqqa olingan.

Ma`lumot o`rnida, ayblanuvchi 2020 yilda Olot tumani hokimligidan bo`shatilib, Qorako`l tumani hokimi etib tayinlangan.  2021 yil 23 dekabr kuni esa ushbu lavozimdan ham olingan.

    Boshqa yangiliklar