Tamara ismli ayol Amsterdam orqali Guakilya (Ekvador)dan Ispaniyaga parvoz qilayotganida farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda “zamon.uz”yozmoqda.
Ma`lum qilinishicha, parvoz vaqtida ayol uchun kutilmagan voqea yuz berdi: birdaniga uni qorin og`rig`i bezovta qila boshlagan. Biroz muddat o`tgach esa ayol ona bo`ladi. U homilador ekanidan bexabar bo`lganini aytgan.
Amsterdamda samolyot qo`ngach, ona va bola shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Shifokorlar tez orada ular Ispaniyaga safarini davom etishi mumkinligini bildirdi.






