AsosiyJamiyat

Meksikada jinoyatchilar tomonidan o`g`irlangan 7 nafar o`zbekistonliklarning shaxsi aniqlandi

'Meksikada jinoyatchilar tomonidan o`g`irlangan 7 nafar o`zbekistonliklarning shaxsi aniqlandi'ning rasmi

Meksikaning  huquq-tartibot idoralari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Gomes-Palasio shahridagi uylarning birida 7 nafar muhojir majburan tutib turilgani aniqlangan edi.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan mamlakatimizning Vashingtondagi Elchixonasi zudlik bilan Meksikaning AQShdagi Elchixonasi, Migrasiya milliy instituti va ushbu mamlakatning boshqa muassasalari bilan muzokaralar olib borgani haqida xabar berdi.

Diplomatik missiya ma`lumotlariga ko`ra, hozirga qadar barcha yurtdoshlarimiz qo`yib yuborilgan va Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Ularning hayotiga hech qanday tahdid yo`q. Barcha fuqarolarning  shaxsi aniqlangan.

Meksikalik hamkorlar bilan O`zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko`rsatish bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar