"UzAuto Motors" kompaniyasining O`zbekistondagi dilerlari bugun, 13 dekabrdan boshlab "Damas" mikroveni va "Labo" kichik pikapi uchun shartnomalar tuzishni to`xtatdi.
Toshkentdagi avtosalonlardan birining xodimi Kun.uz bilan suhbatda shartnoma tuzish keyingi yildan boshlanishi kutilayotganini ma`lum qilgan.
Kompaniya 8 dekabrdan "Lacetti" va "Cobalt" uchun shartnoma berishni ham to`xtatgan edi. Har ikki holatda ham mijozlarga bu borada oldindan anons yoki keyingi izohlar berilmadi.
Kompaniya avvalroq "Spark" va "Nexia"ni sotuvdan olib tashlagan, hech bir izohsiz "Gentra" sotuvini ham to`xtatib qo`ygan edi. Shu tariqa, xaridorlar oldida faqat "Onix" varianti qoldi.
“UzAutoSavdo” ilovasiga ko`ra, "Onix" uchun navbat 5300ta avtomobilni tashkil etadi. Shartnomalar 2023 yil 31 dekabr sanasiga qadar avtomobil etkazib berish sharti bilan tuzilmoqda.
Eslatib o`tamiz, kompaniya 2023 yilda "Cobalt" va "Damas" ishlab chiqarishni oshirib, "Gentra" ishlab chiqarishni to`xtatishini ma`lum qilgan.






