Maktab o`quvchilari uchun II chorakning so`nggi kuni 27 dekabrga to`g`ri kelib, 28 dekabr kuni qishki ta`tilning ilk kuni sanaladi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, ta`til 14 kalendar kun davom etadi va III chorak 2023 yilning 11 yanvaridan boshlanadi.
Eslatib o`tamiz, sal avval talabalar va professional ta`lim muassasalari o`quvchilari uchun qishki ta`til muddati — 2022 yil 26 dekabridan 2023 yil 9 yanvariga qadar etib belgilani xabar qilingan edi.






