AsosiyJamiyat

Andijonda IIB xodimi mashinasida odam urib yubordi

'Andijonda IIB xodimi mashinasida odam urib yubordi'ning rasmi

Kecha, 9 dekabr kuni soat 22:00 larda Andijon viloyati IIB JXX YHXB xodimi E.M. xizmatdan so`ng Asaka tumani "Qashqar" MFY hududidea Spark'da harakatlanib ketayotgan vaqtda avtomobil ko`prigi ustidagi muzlamada transport vositasi sirpanib ketgan va rul boshqaruvini yo`qotib, qatnov qismining chetidan ketayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi

Hodisa oqibatida 1994 yilda tug`ilgan piyoda M.K. olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, 2004 yilda tug`ilgan piyoda A.K. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan JKning 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar