AsosiyJamiyat

Ko`mir narxining sun`iy oshishiga qarshi nima choralar ko`rilmoqda?

'Ko`mir narxining sun`iy oshishiga qarshi nima choralar ko`rilmoqda?'ning rasmi

Chekka-chekka hududlarni ko`mir bilan ta`minlash masalasi qanday tashkil etilmoqda? Ko`mir narxining sun`iy oshishiga qarshi choralar ishlab chiqilganmi?

O`zbekiston energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xodjaev energiya resurslari taqchilligi bo`yicha eng muhokama qilinayotgan savollarga javob qaytardi.

"Albatta. Birinchi navbatda, chekka hududlarni ko`mir bilan ta`minlash borasida Prezidentimiz va Hukumat tomonidan tegishli topshiriqlar berilgan. Bu jarayonni Bosh prokuratura alohida nazorat qiladi.

Narx-navoning asossiz oshishiga keladigan bo`lsak, vaziyatdan foydalanib qolishga harakat qilayotgan shaxslar ham bor. Ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan eng kuchli choralar ko`rilyapti. Angrendagi ko`mir konida qazib chiqarilayotgan ko`mirning bir tonnasining narxi — 300 ming 300 so`mni tashkil etadi", - deya javob berdi vazir o`rinbosari. 

    Boshqa yangiliklar