AsosiyJamiyat

Elektr o`chganligi sababli “Termiz — Toshkent” yo`lovchi poezdi 4 soat yo`lda qolib ketdi

'Elektr o`chganligi sababli “Termiz — Toshkent” yo`lovchi poezdi 4 soat yo`lda qolib ketdi'ning rasmi

Elektr o`chganligi sababli yo`lovchi poezdi yo`lda qolib ketdi, deya xabar bermoqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati.

Ma`lum qilinishicha kecha, 9 dekabr kuni Termiz  bekatidan jo`nagan 79-sonli “Termiz — Toshkent”  yo`lovchi poezdi "Jarqo`rg`on-Qumqo`rg`on" va "Qumqo`rg`on-Boysun" peregonida tashqi elektr  tarmog`idan  elektr energiyaning o`chganligi sababli 3 soat 40 daqiqa to`xtab  qolgan.  Poezd Toshkent shahriga o`z vaqtidan 2 soat 10 daqiqaga kechikib keldi.

"Yo`lovchilarga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz", deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, sal avval Energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xodjaev elektr toki bir o`chirishda ikki soatdan oshmasligi ta`minlanishini ma`lum qilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar